Subyektning - jismoniy shaxs / mijozning roziligi
Ushbu bilan Mijoz “TBC FIN SERVICE” MChJga, shu jumladan u bilan bogʻliq/affillangan shaxslariga va “TBC FIN SERVICE” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida vakolat berilgan boshqa tashkilotlarga quyidagilar boʻyicha rozilik beradi:
-
oʻzi haqida kredit hisobotini olish;
-
shaxsiy ma’lumotlarga, shu jumladan maxsus ma’lumotlarga ishlov berish (har qanday manbalardan yig’ish, saqlash, tizimlashtirish, oʻzgartirish, toʻldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uchinchi shaxslarga berish (shu jumladan, transchegaraviy oʻtkazish), egasizlantirish va yoʻq qilish) bundan keyin “Shaxsiy ma’lumotlar” deb ataladi;
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Mijozga tegishli har qanday ma’lumotni istalgan vaqtda va istalgan miqdorda hamda istalgan manbadan so‘rash.
Quyidagi maqsadlar uchun:
-
Mijoz ishtirokchi boʻlgan shartnomalarni tuzish va bajarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, shu jumladan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni Tomonlar joriy va kelajakda bajarilishini nazorat qilish va prognozlash;
-
Mijozning moliyaviy va mulkiy holatini, Mijozning uchinchi shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini tekshirish;
-
statistik va/yoki marketing tadqiqotlarni, so‘rovnomalar o‘tkazish soʻrovlar berish va/yoki Mijozni “TBC FIN SERVICE” MChJ, shu jumladan uning hamkorlari va “TBC Bank” ATBning yangi mahsulotlari/xizmatlari haqida xabardor qilish.
Ushbu rozilik muddatsiz boʻlib yoki Mijoz tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilinmaguncha amal qiladi.